Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini Xitoyni ushlab turishda qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini Xitoyni ushlab turishda qo‘llab-quvvatlaydi

Pentagon kotibi Pit Xegset Xitoyni tajovuzkorlikda va Janubiy Xitoy dengizidagi suverenitetga hurmasizlikda ayblab, Pekin tahdidlariga birgalikda javob berish uchun Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini texnologiya bilan qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.

Xegset bu haqda ittifoqdoshlari, jumladan, Avstraliya, Yaponiya va Filippin bilan bo‘lib o‘tgan ko‘p tomonlama uchrashuvda ma’lum qildi.

"Siz Xitoyning Janubiy Xitoy dengizi va boshqa hududlardagi tajovuzkorligi va harakatlaridan barchamiz duch keladigan xavflarning markazida yashayapsiz”, dedi davlat kotibi.

Muzokaralar davomida Xegset Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasi mudofaa vazirlariga Xitoyga qarshi kurashish uchun umumiy dengiz hamjihatligi tizimini yaratishni taklif qildi.

U Qo‘shma Shtatlar innovasiyalarni kuchaytirish bo‘yicha noyob imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidladi va bu mamlakatlarga Xitoydan kelayotgan tahdidlarga birgalikda javob berish uchun texnologiya taqdim etishga va’da berdi. U provokasiyalarga duch kelgan davlatlar Xitoy bilan qarama-qarshilikda yolg‘iz qolmasligiga ishontirdi.

Kiritildi: 09:10 02.11.2025. O'qildi: 1333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!