AQSh 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati xavfsizligi uchun 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflaydi — Reuters.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu mablag‘ning katta qismi, 625 million dollar, huquq-tartibot va favqulodda xizmatlarni tayyorlashga, stadionlar hamda transport infratuzilmasi qo‘riqlanishini kuchaytirishga, shuningdek, kiberxavfsizlik va xodimlarni o‘qitishga yo‘naltiriladi.
Yana 500 million dollar dronlar bilan bog‘liq tahdidlardan va ommaviy tadbirlardagi boshqa xavflardan himoyani ta’minlash uchun ajratiladi.
Ma’lumot uchun Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2926 yilning 11 iyun — 19 iyul kunlari AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Unda 48 ta terma jamoa, jumladan O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.