The Foreign Policy (FP) jurnali xabar qilishicha, AQShning bir qator ittifoqchilari Karib dengizidagi kemalarga qilingan zarbalardan norozi.
Nashr yozishicha, "Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Kolumbiya xavfsizlik kuchlariga zarbalar to‘xtatilguncha Qo‘shma Shtatlar bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni to‘xtatishni buyurganini e’lon qildi". Shu bilan birga, Kolumbiya AQShning Lotin Amerikasidagi eng muhim hamkori ekanligi ta’kidlangan.
Shuningdek, Kanadoda bo‘lib o‘tgan "Katta yettilik" sammitida Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro AQSh zarbalari mintaqada beqarorlikni keltirib chiqarishi va xalqaro huquqni buzishi haqida bildirgan.