Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Isroilga 500 funtli bombalar yetkazib berishni qayta tiklaydi

AQSh Isroilga 500 funtli bombalar yetkazib berishni qayta tiklaydi

AQSh Isroilga 500 funtli bombalar yetkazib berishni davom ettiradi. Bu haqda AQSh hukumatining shaxsi oshkor qilinmagan rasmiysi bergan ma’lumotga asoslanib, Reuters nashri xabar berdi.

Prezident Bayden ma’muriyati harbiylar bilan muhokamalardan so‘ng ushbu turdagi qurolni yetkazib berish bo‘yicha umumiy xulosaga kelgan. Bombalar havo karvoni orqali Isroil poytaxtiga yuborilishi belgilangan.

AQSh tomonidan Isroilga 500 va 2000 funtli bombalar yetkazib berish 7 oktyabr voqealari tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi. Isroil bu qurollarni G‘azoda tinch aholiga nisbatan qo‘llashi mumkinligi va qurbonlar ko‘plab bo‘lishi ehtimoli sabab o‘ta og‘ir bombalarni yahudiy davlatiga yuborishga embargo joriy qilingan.

Isroilga 500 funtli bombalar yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, 2000 funtli va undan kattaroq hajmdagi bombalarga nisbatan cheklov hozircha davom etadi. Cheklovlarni to‘la olib tashlash faqat G‘azoda harbiy harakatlar to‘xtagachgina, sodir bo‘lishi mumkin.

“Bizning asosiy xavotirimiz Rafahda va G‘azoning boshqa joylarida 2000 funtli bombalardan potensial foydalanilishi haqida bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. 500 funtli bombalar borasida esa AQSh hukumati ikkilanib o‘tirmaydi, ularni avvalgi tartibda Isroilga yuborish davom etadi”, degan AQSh hukumatining anonim rasmiysi.

500 va 2000 funtli bombalar nihoyatda vayronkor kuchga ega. Ular qalin beton va metall konstruksiyalarni parchalab tashlay oladi. Shuningdek, urilish nuqtasi atrofida keng portlash radiusini yaratadi.

Oldinroq Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Vashingtonga tashrifi chog‘ida AQShning Isroilga o‘q-dorilar yetkazib berishi masalasida sezilarli yutuqlarga erishilganini aytgan edi. Vazirga ko‘ra, hozirda Vashingtonning Tel-Avivga harbiy ta’minoti borasidagi barcha to‘siqlar olib tashlangan.

Isroil doimiy ravishda AQSh qurol-yarog‘ini olishda davom etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning oktyabridan iyun oyi oxirigacha AQSh kamida 14 mingta MK-84 2000 funtli bombalari, 6500 ta 500 funtli bomba, 3000 ta Hellfire aniq boshqariladigan yer-er tipidagi raketalar, 1000 ta bunker-buster bombalari va 2600 dan ortiq kichik diametrli havo bombalarini Isroilga yetkazib bergan.

Kiritildi: 10:28 11.07.2024. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!