Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Ispaniyaning NATO'dagi a’zoligini to‘xtatib qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

AQSh Ispaniyaning NATO'dagi a’zoligini to‘xtatib qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Pentagonda Erondagi harbiy amaliyotni qo‘llab-quvvatlamagan NATO ittifoqchilariga nisbatan "jazo" choralari muhokama qilinmoqda.

Reuters manbasiga ko‘ra, mumkin bo‘lgan choralardan biri — Ispaniyaning alyansdagi ishtirokini vaqtincha to‘xtatishdir. Pentagonning ichki maktubida qayd etilishicha, bu qadam Qo‘shma Shtatlarning harbiy amaliyotlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq katta "ramziy ma’noga" ega bo‘ladi.

Hozircha NATO'da a’zolikni to‘xtatib qo‘yishning aniq huquqiy mexanizmi bor-yo‘qligi noma’lum. Maktubda AQShning alyansdan chiqishi yoki Yevropadagi bazalarini yopishi ko‘zda tutilmagan. Ushbu takliflar yevropalik ittifoqchilarga "kuchli signal" yuborish maqsadida ishlab chiqilgani aytilmoqda.

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bu xabarlarga javoban, Madrid turli maktublarga emas, balki faqat rasmiy hujjatlar va hukumatlarning rasmiy pozisiyasiga tayanishini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 19:02. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!