AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tashkilotni isloh qilishni kutayotgan bir paytda BMTga to‘lovlarni to‘xtatdi.
Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts Breitbart News nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Prezident islohotni ko‘rmagunimizcha Amerika mablag‘larini ushlab turmoqda", - deydi u.
Uoltsning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bosimi ostida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT byudjetini 15 foizga qisqartirishga rozi bo‘lgan, bu esa xodimlarning 18 foizga va tinchlikparvar kuchlarning 25 foizga qisqarishiga olib keladi. "O‘ylaymanki, biz ko‘p jihatdan BMT o‘zidan qutqarib, islohotlarga intilamiz", — deya qo‘shimcha qildi diplomat.