Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati xodimlari endi sud qarorisiz uylarga kira oladi

AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati xodimlari endi sud qarorisiz uylarga kira oladi

AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati xodimlariga migrasiyaga qarshi reydlar paytida sud qarorisiz uylarga kirishiga ruxsat berildi, yedb yozmoqda NBC News.

"AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati (ICE) agentlariga, sud tomonidan deportasiya to‘g‘risida yakuniy qaror chiqarilgan hollarda ma’muriy order asosida shaxsning uyiga kirishga ruxsat berildi. Bu haqda ICE direktori vazifasini bajaruvchi Todd Layons tomonidan imzolangan xizmat xatida keltirilgan", deya xabar bermoqda telekanal.

Ma’muriy orderlar xodimlar va agentlarga hibsga olish imkonini beradi, ular sudyalar tomonidan imzolanadigan va uylarga kirishga ruxsat beradigan sud orderlaridan farq qiladi.

Hujjatga ko‘ra, ICE agentlari avvalo eshikni taqillatib, o‘zlarini tanishtirishi va uydagilarga talabni bajarish uchun vaqt berishi kerak. Shuningdek, xizmat xatida tunda uylarga kirmaslik, reydlarni soat 06:00 dan 22:00 gacha o‘tkazish va binoga kirishda “faqat zarur vaziyatlarda va oqilona tarzda kuch” ishlatish tavsiya etilgan.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!