CNN xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yish orqali Xitoy va Hindistonni Eronga bosim o‘tkazishga majbur qilishga urinmoqda. AQSh ma’muriyati ushbu davlatlarning Tehronga ta’sir ko‘rsatishini ko‘zlagan.
Shu bilan birga, Xitoy tankerining har qanday to‘xtatilishi Tramp va Si Jinpin uchrashuvi arafasida diplomatik mojaro keltirib chiqarishi mumkinligi aytilyapti. Bu vaziyat Oq uy uchun ma’lum tavakkalchiliklarni yuzaga keltirib chiqaradi, deyiladi xabarda.