AQSh hukumati Oq uyning YouTube kanalida "Tramp TV" translyasiyasini boshladi.
Bu mamlakatdagi yirik ommaviy axborot vositalari Trampning chiqishlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etishdan bosh tortganidan keyin amalga oshirildi.
Avvalroq yirik Amerika telekanallari Tramp ishtirokidagi tadbirlarni jonli efirda ko‘rsatishdan bosh tortgan edi. Ular bunday qarorni ayrim OAVlarning davlat rahbari qarorgohiga kirish imkoniyatidan mahrum etilganiga norozilik sifatida qabul qilgan.