Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Hormuz bo‘g‘ozidan kemalarni olib chiqish operasiyasiga 15 ming askarni yuboradi

AQSh Hormuz bo‘g‘ozidan kemalarni olib chiqish operasiyasiga 15 ming askarni yuboradi

Qo‘shma Shtatlar Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalarning xavfsiz o‘tishini ta’minlashga qaratilgan "Ozodlik loyihasi" operasiyasi doirasida taxminan 15 000 harbiy xizmatchi, boshqariladigan raketa esmineslari va 100 dan ortiq samolyotlarni joylashtiradi.

Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi.

Operasiya harbiy mojaro tufayli Hormuz bo‘g‘ozida to‘silib qolgan kemalar bilan bog‘liq vaziyatga javoban o‘tkazilmoqda.

Prezident Donald Tramp ilgari operasiya Yaqin Sharq vaqti bilan 4 may kuni ertalab boshlanishini e’lon qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, missiyaning asosiy maqsadi kemalarning bo‘g‘ozdan xavfsiz o‘tishidir.

Oq uy rahbari shuningdek, bu jarayonga xalaqit berishga qaratilgan har qanday urinish AQShni kuch bilan javob berishga majbur qilishi haqida ogohlantirdi.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!