Mazkur qo‘mondonlik 1947 yil 1 yanvarda Qo‘shma Shtatlarning o‘sha paytdagi prezidenti Garri Trumen tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, AQSh Tinch okeani qo‘mondonligi (USPACOM) nomi bilan faoliyat yuritgan. 2018 yilda u AQSh Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi (USINDOPACOM) deb qayta nomlangun.
"Nom o‘zgarishi qo‘mondonlik missiyasi, vazifalari yoki geografik hududiga ta’sir qilmaydi. Eski USPACOM nomini tiklash qo‘mondonlikning chuqur tarixiy ildizlariga hurmat bajo keltirib, Tinch okeanida xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilar o‘rtasida g‘urur va jamoaviy ruhni kuchaytiradi", deyiladi Pentagon bayonotida.
USPACOM nazoratidagi hudud AQShning g‘arbiy sohilidan Hindistonning g‘arbiy chegarasigacha bo‘lgan mintaqani qamrab oladi.