Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh harbiylari Tinch okeanida uchta kemani nishonga oldi, 8 kishi halok bo‘ldi

AQSh harbiylari Tinch okeanida uchta kemani nishonga oldi, 8 kishi halok bo‘ldi

AQSh harbiy kuchlari Tinch okeanining sharqiy qismida giyohvand moddalar tashilayotgani gumon qilingan uchta kemaga zarba berdi. Hujumlar oqibatida sakkiz nafar odam halok bo‘lgan.

Bu haqda AQSh Qurolli kuchlarining Janubiy qo‘mondonligi (SOUTHCOM) ma’lum qildi. Qayd etilishicha, operasiyalar mudofaa vaziri Pit Xegset farmoyishi asosida amalga oshirilgan.

SOUTHCOM rasmiy bayonotida aytilishicha, birinchi kemada uch kishi, ikkinchisida ikki kishi, uchinchi kemada esa yana uch kishi halok bo‘lgan.

Qo‘mondonlikka ko‘ra, barcha kemalar xalqaro suv hududida yo‘q qilingan.

Kiritildi: 14:05 16.12.2025. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!