Vashington Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan tankerlarni himoya qilish uchun AQSh harbiylarini joylashtirishni ko‘rib chiqmoqda.
AQSh energetika vaziri Kris Rayt bu haqda CBS telekanalida ma’lum qildi.
"Biz hozirda tankerlarning bo‘g‘ozdan chiqishini ta’minlashni istagan odamlar bilan ishlayapmiz", dedi u kim bilan bog‘lanayotganini aniq aytmasdan.
Raytning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylari dastlab tankerlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri himoya qiladi.
"Ammo eng muhimi, ularni bu kemalarga tahdid qilish imkoniyatidan mahrum qilishdir", deb qo‘shimcha qildi vazir Eron tomoniga ishora qilib.