Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Harbiy-havo kuchlari F-47 oltinchi avlod qiruvchi samolyoti ustida ish olib bormoqda

AQSh Harbiy-havo kuchlari F-47 oltinchi avlod qiruvchi samolyoti ustida ish olib bormoqda

"Buyrug‘imga binoan, Qo‘shma Shtatlar Harbiy-havo kuchlari dunyoda birinchi bo‘lib oltinchi avlod qiruvchi samolyotini yaratish ustida ish olib bormoqda. Dunyo bo‘yicha hech bir samolyotni ushbu qiruvchi bilan taqqoslab bo‘lmaydi taqqoslanmaydi va u F-47 deb nomlanadi", — dedi Donald Tramp Oq uyda chiqish qilganida.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, qiruvchi samolyotning tajriba namunasi deyarli besh yil davomida yashirin ravishda sinovdan o‘tkazilgan.
Qiruvchi samolyotni ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma Boeing aerokosmik korporasiyasiga topshiriladi.

Air & Space Forces nashrining yozishicha, bu shartnoma Boeing uchun katta muvaffaqiyat bo‘ladi, chunki kompaniya ayni paytda ortiqcha xarajatlar, kechikishlar va AQSh prezidentining birinchi raqamli borti bilan bog‘liq muammolar tufayli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan.

The New York Times'ning yozishicha, yangi qiruvchi nomidagi 47 soni Trampning uning prezidentlik davriga ishora qiladi. Donald Tramp hozirda AQShning 47-prezidenti hisoblanadi.

Kiritildi: 21:53 21.03.2025. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!