Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh harbiy-dengiz kuchlari vertolyoti Saudiya Arabistoni sohillari yaqinida yo‘qoldi

AQSh harbiy-dengiz kuchlari vertolyoti Saudiya Arabistoni sohillari yaqinida yo‘qoldi

AQSh harbiy-dengiz kuchlari vertolyoti Saudiya Arabistoni sohillari yaqinida radarlardan yo‘qoldi.

AQSh harbiy-dengiz kuchlariga tegishli Sikorsky MH-60R Seahawk vertolyoti Saudiya Arabistoni sohillari yaqinidagi Qizil dengiz ustida radarlardan yo‘qolgan.

Parvoz ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot dastlab soatiga qariyb 220 kilometr tezlikda, 91 metr balandlikda harakatlangan. Oradan 11 daqiqa o‘tib, uning tezligi 17 kilometrgacha, balandligi esa nol metrga tushgan.

Yana ikki daqiqadan so‘ng vertolyot tezligi nolga tushgan va shundan keyin transponder signali uzilgan.

Hozircha AQSh Markaziy qo‘mondonligi va Pentagon hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Vertolyot bilan nima sodir bo‘lgani va ekipaj taqdiri haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 08:55 06.10.2026. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!