AQSh Nevada poligonida subkritik yadroviy sinovlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakatning Yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasining (NNSA) korporativ rejasida ma’lum qilindi. Ma’lumot uchun, subkritik yadroviy sinovlar atamasi yadroviy portlashsiz yadroviy qurollarning jangovar holatini tekshirish sinovlarini anglatadi.
Nevadadagi yadroviy poligon 1950 yillardan beri mavjud bo‘lib, 1951 yilda u yerda “Eybl” deb nomlangan birinchi atmosferaviy yadroviy sinov o‘tkazilgan. Keyingi 11 yil davomida – atmosferaviy sinovlar taqiqlanguncha, AQSh bu yerda taxminan yuzta yadroviy sinov o‘tkazgan.