Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Gruziyaga nisbatan MEGOBARI qonun loyihasini qabul qildi

AQSh Gruziyaga nisbatan MEGOBARI qonun loyihasini qabul qildi

AQSh ma’muriyati , Amerika rasmiylari fikriga ko‘ra, demokratik tamoyillardan chetga chiqib, Vashingtonning geosiyosiy raqiblariga yaqinlashayotgan Gruziya hukumatiga qarshi sanksiyalar qo‘llash masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

349 kongressmen (168 respublikachi va 181 demokrat) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Vakillar palatasi tomonidan MEGOBARI qonun loyihasining qabul qilinishi muhim moment bo‘ldi. Hujjatda Gruziya rahbariyatiga qarshi “demokratiyani rad etib, Xitoy, Eron va Rossiya bilan yaqinlashgani uchun” keng ko‘lamli sanksiyalar joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat kotibi, ayni paytda prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi vazifasini bajaruvchi Marko Rubio buni Vakillar palatasi Tashqi ishlar qo‘mitasidagi tinglovda ochiqchasiga aytdi: “Shunday qilib, biz bu masalani ko‘rib chiqamiz va dunyoning muhim qismini Amerikaga qarshi hukumat boshqarayotgani bizning milliy manfaatlarimizga mos keladimi yoki yo‘qmi, degan qarorga kelamiz, agar shunday bo‘lmasa, hukumat bu xarajatlarni to‘lashiga ishonch hosil qilamiz”.

"Hozirda bu masala ko‘rib chiqilmoqda va biz variantlar va qo‘shimcha imkoniyatlarni izlayapmiz. Bugun nima qilishni rejalashtirayotganimizni aniq ayta olmayman, lekin aytamanki, bu masala muhokama qilinmoqda", - deya ta’kidladi Davlat kotibi.

Tanglikning kuchayishi Gruziyada xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin boshlangan. AQSh Davlat departamenti allaqachon respublika bilan strategik hamkorlikni to‘xtatgan. O‘z navbatida Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi.

Gruziya Bosh vaziri allaqachon AQSh Kongressi tomonidan qabul qilingan MEGOBARI qonunini dushmanlik deb atadi. Qonun kuchga kirishi uchun hujjat Senat tomonidan tasdiqlanishi va AQSh prezidenti tomonidan imzolanishi kerak.

Kiritildi: 23:50 21.05.2025. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!