Bu haqda WP xabar bermoqda
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington amerikalik harbiylar orolda noaniq muddatga qolishini ta’minlash uchun amaldagi harbiy bitimni o‘zgartirishga harakat qilmoqda.
Shuningdek, AQSh Vashington raqiblarining mintaqadagi ta’sirini cheklash maqsadida Grenlandiyaga kiritiladigan yirik xorijiy investisiyalarga veto qo‘yish huquqini ham muhokama qilyapti. Bu g‘oya allaqachon Daniya va Grenlandiyada norozilik keltirib chiqardi.