Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Markaziy qo‘mondonligi ishlab chiqqan rejaga muvofiq, G‘azo sektori ikki qismga ajratiladi:
“Yashil hudud” — Isroil va xalqaro kuchlar nazorati ostida bo‘lib, bu yerda qayta tiklash ishlari olib boriladi.
“Qizil hudud” — vayron bo‘lgan va hali ham falastinlik guruhlar nazoratida qolayotgan hudud.
"Vashington o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining barcha talablari bajarilganidan so‘ng “qizil hudud” aholisi “yashil hududga”ga ko‘chirilishini rejalashtirmoqda", deya yozmoqda The Guardian.