Hozircha hech bir davlat AQShga o‘z qo‘shinlarini G‘azo sektoriga xalqaro barqarorlik kuchlari tarkibida joylashtirishga rozilik bergani yo‘q.
Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, shu hafta boshida Davlat departamenti 70 dan ortiq davlatga barqarorlashtirish kuchlariga harbiy yoki moliyaviy yordam so‘rab so‘rov yuborgan. Nashrning yozishicha, Vashington "Italiya va Fransiya kabi yaqin ittifoqchilar, shuningdek, kichikroq davlatlar, jumladan, Malta va Salvador" bilan aloqa o‘rnatgan. Xabarda ta’kidlanishicha, Yaqin Sharq davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni va BAA allaqachon G‘azoda tinchlik o‘rnatish sa’y-harakatlarini moliyalashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar olib bormoqda. Nomi oshkor etilmagan AQSh rasmiysiga ko‘ra, 19 davlat o‘z qo‘shinlarini yuborish yoki boshqa yordam ko‘rsatishdan manfaatdor ekanligini bildirgan.
Biroq, The Wall Street Journal nashri ta’kidlaganidek, hozircha hech bir xorijiy davlat o‘z majburiyatini olmagan, chunki barqarorlashtirish kuchlari vakolati Falastinning XAMAS harakati jangarilarini qurolsizlantirish uchun kengaytirilishi xavfi mavjud.