Bloomberg ma’lumoticha, Tramp ma’muriyati Rossiyaning Sumi shahriga uyushtirgan raketa hujumini qoralovchi G7ning qo‘shma bayonotini qo‘llab-quvvatlamadi. Vashington bu qarorni «tinchlik muzokaralari uchun makon qoldirish» istagi bilan izohlagan.
Joriy yilda G7ga raislik qilayotgan Kanada esa, AQSh ishtirokisiz hujjatni e’lon qilishning ma’nosi yo‘qligini bildirgan.