AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha yangi kelishuv loyihasida Ukraina orqali o‘tuvchi tranzit gaz quvurlarini nazorat qilishni talab qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
"Bitim loyihasi bilan tanish manbaning aytishicha, Vashington Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga tegishli Ukraina orqali Yevropaga o‘tuvchi gaz quvurlari ustidan nazoratni “Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporasiyasi”ga o‘tkazish talabini bildirgan", deya xabar bermoqda agentlik.
Bundan tashqari, Reuters AQShda Ukraina vakillari bilan boshlangan muzokaralar muhitini “dushmanona” deb baholagan va murosa ehtimoli ko‘rinmayotganini qayd etgan.