AQSh Davlat departamenti Finlyandiyaga 1,07 milliard dollarga o‘rta masofaga uchuvchi raketalarni sotishni ma’qulladi.
AQSh Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi Mudofaa Xavfsizlik Hamkorligi Agentligi (DSCA) bayonotida, Davlat departamenti Finlyandiyaga AIM-120D-3 o‘rta masofali havo-havo raketalari va tegishli jihozlarni sotishga ruxsat bergani ma’lum qilindi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, yetkazib berish Finlyandiyaning hozirgi va kelajakdagi tahdidlarga qarshi mudofaa qobiliyatini mustahkamlaydi, shuningdek, mamlakat milliy xavfsizligini oshiradi.
Shu bilan birga, AIM-120C-8 AMRAAM raketalarining mavjudligi Xelsinkiga yangi tizimlarni o‘z qurolli kuchlariga osonlik bilan integrasiya qilish imkonini berishi qayd etildi. Biroq kelishuv “mintaqadagi asosiy harbiy muvozanatni o‘zgartirmasligi” ta’kidlandi.
AQSh Davlat departamenti kelishuvni yakuniy tasdiqlash uchun Kongressga tegishli bildirishnoma yubordi.