Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Federal zaxira tizimi rahbari Trampning tariflar siyosatiga munosabat bildirdi

AQSh Federal zaxira tizimi rahbari Trampning tariflar siyosatiga munosabat bildirdi

"Hozirgacha e’lon qilingan tariflar oshirilishi darajasi kutilganidan ancha yuqori bo‘ldi, ehtimol, iqtisodiy oqibatlar ham xuddi shunday bo‘ladi. Bu yuqori inflyasiya va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishini o‘z ichiga oladi", — deya fikr bildirdi Jerom Pauel Chikago Iqtisodiy klubi tadbirida.

Uning ta’kidlashicha, mamlakat savdo siyosatidagi o‘zgarishlar natijasida Qo‘shma Shtatlarda ishsizlik darajasi oshishi mumkin.

Shuningdek, AQSh davlat qarzining kelajakda yana oshishi ehtimoli haqidagi savolga javoban FZT rahbari uni "barqaror bo‘lmagan yo‘nalishda, biroq hali qabul qilib bo‘lmaydigan darajaga yetmagani"ni aytdi.

Kiritildi: 10:13 17.04.2025. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!