Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

AQSh federal sudi Trampning importga qo‘ygan 10 foiz tariflarini noqonuniy deb topdi

AQSh federal sudi Trampning importga qo‘ygan 10 foiz tariflarini noqonuniy deb topdi

AQSh Federal Savdo Sudi AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan xorijiy importga joriy etilgan 10 foiz tarif noqonuniy deb topildi.

Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Sud kichik biznes va da’vo arizasi bilan murojaat qilgan taxminan yigirma AQSh shtati tomonini oldi, ikkita da’vogar kompaniya va Vashington shtatiga qarshi darhol taqiqlovchi choralar ko‘rdi. Biroq, sud da’vo arizasi berilgan qolgan shtatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri import qiluvchilar emasligini ta’kidlab, umumiy taqiqni chiqarishdan bosh tortdi, deb aniqlik kiritdi agentlik.

Ushbu tarif Tramp tomonidan fevral oyida 150 kunga tasdiqlangan. U xalqaro savdo bo‘yicha favqulodda vakolatlariga tayangan va mavjud tariflarga qo‘shimcha ravishda import qilingan tovarlarga qo‘shimcha soliqni tashkil etgan. Natijada, AQSh importchilari uchun import qilingan tovarlarning narxi sezilarli darajada oshdi.

AQSh Kichik Biznes Koalisiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, faqat mart oyida 122-bo‘lim bo‘yicha taxminan 8 milliard dollar undirilgan. Koalisiya rahbari Den Entoni sud qarorini yuqori baholadi, ammo sud apellyasiya shikoyati ko‘rib chiqilgunga qadar to‘lovlarni undirishni to‘xtatmaganini afsus bilan ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 16:11. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!