Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh favqulodda xorijiy yordam uchun ajratilgan 500 tonna oziq-ovqat mahsulotini yoqib yubormoqchi — The Atlantic

AQSh favqulodda xorijiy yordam uchun ajratilgan 500 tonna oziq-ovqat mahsulotini yoqib yubormoqchi — The Atlantic

Nashrning yozishicha, AQSh hukumati Afg‘oniston va Pokistondagi bolalarga favqulodda gumanitar yordam sifatida yuborilishi kerak bo‘lgan deyarli 500 tonna yuqori kaloriyali pecheneni yo‘q qilishga qaror qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu oziq-ovqat mahsulotlari Bayden davrida xarid qilingan, biroq Tramp ma’muriyati Qo‘shma Shtatlarning xorijiy yordam dasturlarini bekor qilgach, ular manziliga yetkazilmagan. Oziq-ovqat mahsulotlari Dubaydagi omborda uzoq vaqt davomida saqlangan va sifati buzilgan.

"Bu oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir yarim million bolani bir hafta davomida oziqlantirish mumkin edi, biroq ularning yaroqlilik muddati o‘tib ketgan. Bu USAID faoliyatiga Tramp ma’muriyatining aralashuvi oqibati", deyiladi The Atlantic xabarida.

Kiritildi: 12:10 17.07.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!