Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Yevropaga ajratiladigan harbiy resurslarni keskin qisqartirishi mumkin

AQSh Yevropaga ajratiladigan harbiy resurslarni keskin qisqartirishi mumkin

AQSh Yevropa hududida ehtimoliy mojaro yuzaga kelgan taqdirda yuborilishi mumkin bo‘lgan harbiy resurslar hajmini sezilarli darajada qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Bloomberg nashri manbalarga tayanib xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Vashington tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan harbiy yordam keskin kamayishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Rejada strategik bombardimonchi samolyotlar sonini 30 foizga qisqartirish, razvedka va zarba beruvchi dronlarning 75–100 foizini, harbiy-dengiz kuchlari kemalarining esa 50 foizini kamaytirish nazarda tutilgan. Shuningdek, qiruvchi samolyotlar soni ham uchdan bir qismga qisqartirilishi mumkin.

Nashrning yozishicha, Yevropa davlatlari hozir AQShning to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy ko‘magisiz qit’a mudofaasini qanday ta’minlash mumkinligini muhokama qilmoqda.

Bu masala juma kuni bo‘lib o‘tgan «Evropa beshligi» mamlakatlari mudofaa vazirlarining yig‘ilishida ham ko‘rib chiqilgan. Unda asosiy e’tibor AQSh tomonidan ajratiladigan resurslar qisqargan taqdirda mavjud qurol-yarog‘ va texnikalar yordamida bir xil harbiy maqsadlarga erishish imkoniyatlariga qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 19:49. O'qildi: 169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!