Erondagi tartibsizliklar kuchayib borayotgan bir paytda, Pentagon prezident Donald Trampga keng qamrovli rejalarni taqdim etgan, deya xabar bermoqda nashr.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Eron masalasida ikki yo‘nalishli strategiyani qo‘llamoqda: bir tomondan diplomatik yo‘llarni izlamoqda, ikkinchi tomondan namoyishchilarga qarshi keskin choralarni to‘xtatish maqsadida Eronga harbiy zarbalar berish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.
"Pentagon vakillari Oq uyga Eronning yadro infratuzilmasi va ballistik raketa bazalarini nishonga olish imkoniyatlarini taqdim etganini aytishgan. Biroq keng qamrovli hujumlarning bo‘lish ehtimoli cheklangan choralar, masalan kiberhujum yoki Eronning ichki xavfsizlik organlariga qaratilgan zarbalarning amalga oshirilishiga nisbatan kamroq", deyiladi Israel Hayom maqolasida.