Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Eronning «xufiyona floti»ga qarshi so‘nggi 7 yildagi eng yirik sanksiyalarni joriy etdi

AQSh Eronning «xufiyona floti»ga qarshi so‘nggi 7 yildagi eng yirik sanksiyalarni joriy etdi

AQSh Moliya vazirligi Eron va Rossiya neftini noqonuniy tashuvchi «xufiyona flot»ga qarshi 50 dan ortiq shaxs va kompaniya hamda 50 ta kemani qamrab olgan keng ko‘lamli sanksiyalarni joriy qildi. Bu tartib Hussayn Shamhoniy boshqarayotgan mlrdlab dollarlik neft tarmog‘iga qarshi qaratilgan.

Moliya vazirligi ma’lum qilishicha, Hussayn Shamxoniy — Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyning maslahatchisi admiral Ali Shamxoniyning farzandi bo‘lib, u otasining siyosiy ta’siri va korrupsiyaviy aloqalaridan foydalanib, tanker va konteyner tashuvchi katta flotni nazorat qiladi. Bu flot orqali Eron va Rossiya nefti va neft mahsulotlari jahon bozorida noqonuniy sotilmoqda.

Sanksiyaga uchraganlar orasida Dubayda joylashgan Milavous Group, Ocean Leonid Investments va Crios Shipping kabi yirik logistika kompaniyalari ham bor. Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu tarmoq har kuni 300 ming barrelgacha neft sotgan va yiliga 400 mln dollarga yaqin daromad keltirgan.

Qo‘shimcha qilib ta’kidlanishicha, Shamxoniylar oilasi bu mablag‘larni jahon bo‘ylab elit mulklarini sotib olish va xorijiy pasportlarga ega bo‘lish orqali korrupsion tarmoqni yashirishga yo‘naltirgan. Bu esa ularga xalqaro biznesda Eron bilan bog‘liqligini pinhon tutib, erkin harakat qilish imkonini bergan.

AQSh Moliya vaziri o‘rinbosari Maykl Folkender sanksiyalarning asosiy maqsadi — Eronning asosiy daromad manbaini cheklash va uni yadroviy dastur, ballistik raketa ishlab chiqarish va terrorchi guruhlarga yordam berishdan qaytarish ekanini ta’kidladi.

Avvalroq, shu haftaning o‘zida Yevropa Ittifoqi ham Shamxoniy va uning Admiral Group hamda Milavous Group kompaniyalariga nisbatan sanksiya e’lon qilgan. YEI ma’lumotiga ko‘ra, ushbu shaxs va kompaniyalar Rossiya davlatining daromadiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Kiritildi: 17:27 31.07.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!