Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

AQSh Eronning 36 ta saytini blokladi

AQSh Eronning 36 ta saytini blokladi

AQSh Eron islomiy teleradio ittifoqi veb-saytlarini AQSh sanksiyalarini buzganligi uchun to‘sib qo‘ydi, deb xabar berdi AQSh Adliya vazirligi.

Seshanba kuni Eronning "Press TV" va Al-Alam" telekanallari va hutiylar nazorati ostidagi "Al-Masirah" veb-saytlariga, AQSh ma’murlari tomonidan ularning domenlari musodara qilinganligi sababli, kirish huquqlari cheklanganligi xabar qilingandi.

Cheklovlar uyushma tomonidan foydalaniladigan 33 ta veb-sahifaga va "Kataib Hizbulloh" milisiyasi tomonidan nazorat qilinadigan yana uchta saytga qo‘yilgan, deyiladi AQSh Adliya vazirligi veb-saytida joylashtirilgan bayonotda. Saytlar sud qarori bilan va "AQSh sanksiyalarining buzilishi munosabati bilan" to‘sib qo‘yilgan, deb aytdi Adliya vazirligi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, o‘tgan yilning oktyabr oyida Xorijiy aktivlarni boshqarish idorasi Inqilobiy Gvardiya Korpusi nazoratidagi Ittifoq shtatlarda xizmatlarni, shu jumladan domenlarni lisenziyasiz ololmasligini aniqlagan. Qaror "Eron rejimining AQSh saylov jarayoniga e’tiborini qaratganligi va noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish hamda zararli ta’sir o‘tkazish operasiyalari orqali saylovchilar o‘rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishga qaratilgan g‘ayratli urinishlariga" javoban qabul qilindi. Eron hukumat tuzilmalari, go‘yoki yangiliklar tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining niqobi ostida, AQShdagi demokratik jarayonlarga putur yetkazmoqchi bo‘lgan, deydi Amerika departamenti.

Kiritildi: 07:35 23.06.2021. O'qildi: 2436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!