Axios nashrining xabar berishicha, agar Eron o‘z pozisiyasini o‘zgartirmasa, AQSh muzokaralarni «bombalar bilan» davom ettirishga majbur bo‘lishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Pokiston vositachiligi orqali Vashingtonga yetkazilgan Eronning yangi taklifi avvalgisiga nisbatan faqat ramziy o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan. Unda Eron yadroviy qurol yaratmaslik majburiyatini bildirgan, ammo uranni boyitishni to‘xtatish yoki yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini topshirish bo‘yicha aniq kafolatlar berilmagan.
Shu bilan birga, Eron OAV AQSh ayrim neft sanksiyalarini yumshatishga tayyor ekanini yozgan. Biroq amerikalik rasmiy Tehron tomonidan amaliy qadamlar bo‘lmasa, hech qanday sanksiyalar «bepul» bekor qilinmasligini ta’kidlagan.
«Biz katta yutuqlarga erishayotganimiz yo‘q. Hozir juda jiddiy vaziyatdamiz. Ular munosib javob berish uchun bosim ostida», — degan AQSh amaldori.