AQSh ma’muriyati Eron rasmiylariga Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha "maqbul taklif" berdi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lum qildi.
"Prezident Donald Tramp Eron hech qachon yadroviy bomba qo‘lga kirita olmasligini aniq aytdi", dedi Levitt bayonotida.
"AQSh prezidenti Stivenning maxsus elchisi Uitkoff Eron rejimiga batafsil va maqbul taklifni berdi va uni qabul qilishdan ular manfaatdor. Amaldagi kelishuvni hurmat qilgani uchun ma’muriyat bu taklifning tafsilotlarini OAVga izohlamaydi", dedi u.
Avvalroq CNN Vashington va Tehron yaqin orada Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi haqida xabar bergandi. O‘z navbatida, Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abbos Arag‘chi mamlakatlar hali ham kelishuv tuzishdan uzoqda ekanini ta’kidladi.
Eron va AQSh vakillari 23 may kuni Rimda Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarning beshinchi raundini o‘tkazdi, unda Ummon vositachi sifatida ishtirok etdi. Maslahatlashuvlardan so‘ng Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaydiy ma’lum qilishicha, “muayyan, ammo yakuniy emas” muvaffaqiyatga erishilgan. Uning eronlik hamkasbiga ko‘ra, Tehron va Vashington bir-ikki uchrashuvda ijobiy natijalarga erishishga umid qilmoqda.