Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Eronga uran zaxiralarini Rossiyaga topshirish taklifini berdi – The Guardian

AQSh Eronga uran zaxiralarini Rossiyaga topshirish taklifini berdi – The Guardian

Vashington Eron bilan yadro shartnomasi bo‘yicha muzokaralar doirasida Tehronga o‘zining yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini uchinchi mamlakatga, ya’ni Rossiyaga topshirishni taklif qildi. Bu haqda The Guardian nashri manbasi ma’luotni to‘liqligicha oshkor etmagan holda xabar berdi.

Ushbu masala 12 aprel kuni Ummonda o‘tkazilgan bilvosita muzokaralar davomida ko‘rib chiqilgan va ehtimoliy kelishuvga erishish yo‘lidagi asosiy "to‘siqlardan" biri hisoblanadi.

Nashrga ko‘ra, Eron Qo‘shma Shtatlarning uran zaxiralarini uchinchi mamlakatga topshirish taklifiga qarshilik ko‘rsatadi.

"Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov The Guardian nashri ma’lumotlariga izoh bermasligini ma’lum qildi", deya xabar bermoqda “Interfakc” agentligi.

Kiritildi: 18:52 15.04.2025. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!