Bu haqda mamlakat Moliya vaziri Skott Bessent ma’lum qildi.
Vszirning aytishicha, yangi iqtisodiy bosim Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarni qayta boshlash ehtimolini kamaytirishi mumkin. U yangi sanksiyalar paketi tafsilotlari kelasi hafta, 24 avgust kuni o‘tkaziladigan matbuot anjumanida e’lon qilinishini bildirdi.
Bessent AQShning strategiyasi Eronga qarshi blokada va yangi sanksiyalarni bir vaqtning o‘zida qo‘llashdan iborat ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington maksimal iqtisodiy bosim orqali Tehronga ta’sir o‘tkazishni maqsad qilgan.
Bu bayonot AQSh prezidenti Donald Trampning bir kun avval Eronga “iqtisodiy urush” va Tehronga yordam beradigan davlatlarga nisbatan jiddiy iqtisodiy oqibatlar bilan tahdid qilganidan keyin yangradi.