Qo‘shma Shtatlar Eronga, jumladan Tehron nazorati ostidagi xalqaro yuk tashish tarmog‘iga, shuningdek, o‘nlab kompaniya va kemalarga qarshi so‘nggi yetti yildagi eng yirik sanksiyalarni kiritdi.
Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi.
"AQSh Moliya vazirligi so‘nggi yetti yil ichida Eronga qarshi eng yirik sanksiyalarni kiritdi. Otasi oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiyning katta maslahatchisi bo‘lgan Husayn Shamxaniyga o‘z biznes imperiyasidagi o‘nlab shaxslar, kompaniyalar va kemalar bilan bir qatorda sanksiya qo‘yilgan", deyiladi nashrda.
Qayd etilishicha, bu choralar Yevropa Ittifoqi (EI) Shamxaniy va uning bir qancha firmalariga qarshi sanksiyalar joriy qilganidan bir hafta o‘tib, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning Tehronga nisbatan cheklovlarni kuchaytirish haqidagi “aralash signallari”dan so‘ng qabul qilingan.