AQSh Eronga qarshi operasiya o‘tkazish uchun Yevropadan Havo hujumidan mudofaa (HHM) vositalarini qayta joylashtirmoqda. Bu haqda NATOning Yevropadagi Birlashgan qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, amerikalik general Aleksus Grinkevich ma’lum qildi.
"Men Havo hujumidan mudofaa vositalarimizning ba’zilarini Yaqin Sharqdagi, to‘g‘rirog‘i, Yaqin Sharq yaqinidagi va Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi NATO ittifoqchilarini himoya qilish uchun ishlatdim", — dedi general Kongress Senatining Qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasidagi eshituvlarda.
U boshqa harbiy harakatlar maydonlaridan Yaqin Sharqqa qo‘shimcha HHM vositalari ko‘chirilayotgani haqidagi aniqlashtiruvchi savolga tasdiq javobini berdi.
"Ha, bu to‘g‘ri", — dedi general. Grinkevich Eron bilan mojaro zonasiga ko‘chirilayotgan HHM majmualarining aniq soni bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlamadi.
Shuningdek, NATOning Yevropadagi bosh qo‘mondoni AQSh Yevropadan bitta piyodalar brigadasini olib chiqqanini, qolgan holatlarda esa mintaqadagi harbiy kontingent sonini o‘zgarishsiz saqlab qolayotganini ta’kidladi.