Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Eronga neft sotish uchun berilgan vaqtinchalik ruxsatni bekor qildi

AQSh Eronga neft sotish uchun berilgan vaqtinchalik ruxsatni bekor qildi

Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligi Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi tankerlarga berilgan zarbalar tufayli Eron neftiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarning vaqtinchalik bekor qilinishini qaytarib olayotganini ma’lum qildi.

Seshanba kuni Saudiya Arabistoni va Qatar Tehron tomonidan ularning tankerlari o‘qqa tutilganini e’lon qildi. AQSh Moliya vazirligi bu zarbalarni "mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat" deb atadi.

Shu bilan birga, jahon agentliklarining yozishicha, AQSh vakili yuz bergan voqealarga qaramay, Eron bilan tinchlik muzokaralari davom etayotganiga ishontirdi.

Sanksiyalarning vaqtinchalik bekor qilinishi, ya’ni Tehronga neft qazib olish, sotish va xaridorlarga yetkazib berish uchun berilgan ruxsat Vashington va Eron tomonidan iyun oyida imzolangan o‘zaro anglashuv bo‘yicha tinchlik memorandumi doirasidagi qadamlardan biri edi.

Memorandum hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilayotgan tinchlik bitimi sari tashlangan qadam sifatida rejalashtirilgandi.

Kiritildi: 15:22 08.07.2026. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!