AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, Eron bilan yadro dasturi bo‘yicha har qanday kelishuv uranni boyitish imkoniyatini istisno qilishi kerak. Bu “kelishuvsiz qizil chiziq”, dedi u, chunki minimal boyitish ham yadro qurolini yaratishga yo‘l ochadi.
" Biz boyitish imkoniyatining 1 foiziga ham yo‘l qo‘ya olmaymiz. Bu yadro dasturini qurolga aylantirish va hech qachon bomba ishlab chiqarilishining oldini olishning kalitidir ", dedi Uitkoff ABC telekanaliga. Uning ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati nuqtai nazaridan hamma narsa Eron boyitishdan butunlay voz kechishi bilan boshlanadi.
❕ Tehronning javobi darhol bo‘ldi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi Tasnim axborot agentligiga bergan intervyusida AQShning pozisiyasini “muzokaralar haqiqatidan ajralgan” deb atadi va “Eronda boyitish to‘xtab qolmasligini” ta’kidladi. U, shuningdek, "real bo‘lmagan talablar muzokaralarga to‘sqinlik qilishini" ta’kidladi.
Shunga qaramay, har ikki tomon ham muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Uitkoff Yevropada bo‘lajak muzokaralarning “ijobiy natijasi”ga umid bildirdi. Arakchi, o‘z navbatida, uchrashuv sanasi va joyi yaqin vaqtlarda ma’lum qilinishini aytdi.
Prezident Donald Tramp avvalroq Qo‘shma Shtatlar Eron bilan yadroviy kelishuvga “juda yaqin” ekanini aytgandi, biroq ertasi kuni Tehron “shoshilmog‘i lozim”ligini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, Eron hali Amerikaning yangi takliflarini olmaganini ta’kidlamoqda.