Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlar Eronning barcha raketalaridan faqat uchdan bir qismi yo‘q qilinganini, yana taxminan uchdan bir qismi shikastlanganini yoki yer osti tunnellari va bunkerlari ostida qolganini ishonch bilan ta’kidlamoqda.
Bu haqda agentlikga AQSh razvedkasi ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan manbalar ma’lum qildi.
Manbalardan birining qayd etishicha, razvedka dronlar bo‘yicha ham shunga o‘xshash ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan, Eronning barcha dronlaridan taxminan uchdan bir qismi yo‘q qilinganini muayyan ishonch bilan aytmoqda.
Isroil harbiylarining hisob-kitoblariga ko‘ra, urushgacha Eronning Isroil hududiga yetib borishga qodir 2500 ta ballistik raketasi bo‘lgan. Qo‘shma Shtatlar bu borada o‘z ma’lumotlarini ochiqlamagan.