Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Eron portlariga qarshi blokadani to‘xtatdi

AQSh Eron portlariga qarshi blokadani to‘xtatdi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi Eron portlari va sohilbo‘yi hududlariga kiruvchi hamda chiquvchi dengiz kemalari harakatiga qo‘yilgan blokada bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi Xga xabar berdi.

Idoraning ta’kidlashicha, Amerika kuchlari endi Fors ko‘rfazi va Ummon dengizi mintaqasidagi Eron portlariga kemalarning kirishi yoki chiqishiga to‘sqinlik qilmaydi.

“Bizning Harbiy-dengiz kuchlarimiz kelishuvning barcha shartlariga rioya etilishini, uning to‘liq amal qilishi va kuchda bo‘lishini ta’minlash maqsadida ushbu hududda qoladi”, — deyiladi bayonotda.

17 iyun kuni AQSh Eron bilan o‘zaro anglashuv memorandumini e’lon qildi. Memorandum 14 banddan iborat. Gap Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kema qatnovini tiklash, Eronga nisbatan moliyaviy cheklovlarning bir qismini yumshatish bo‘yicha kelishuvlar, shuningdek, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelajakdagi texnik maslahatlashuvlar parametrlari haqida bormoqda.

Kiritildi: 13:15 19.06.2026. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!