AQSh 19 apreldan keyin Eron neftini sotish bo‘yicha amaldagi imtiyozini yangilamaydi.
Bu haqda AQSh Moliya vazirligi o‘z bayonotida e’lon qildi.
"Dengizda allaqachon mavjud bo‘lgan Eron nefti uchun vaqtinchalik imtiyoz bir necha kundan keyin tugaydi va uzaytirilmaydi", deyiladi X nashrida chop etilgan bayonotda.
Mart oyida joriy etilgan ushbu imtiyozning bekor qilinishi AQSh harbiylarining Hormuz bo‘g‘ozidagi Eron portlarini blokada qilishi munosabati bilan amalga oshirildi.
Bundan tashqari, AQSh Moliya vazirligi Eronga yordam beradigan bank muassasalariga ogohlantirish berdi.
"Moliyaviy institutlar Departament mavjud vositalar va vakolatlarning to‘liq doirasidan foydalanishini va Eron faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgan xorijiy moliya institutlariga ikkinchi darajali sanksiyalarni qo‘llashga tayyorligini yodda tutishlari kerak", deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Moliya vazirligi 21 mart kuni imtiyozni e’lon qildi.