Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

AQSH–Eron kelishuvi Livan va Isroilni ham qamrab oladi

AQSH–Eron kelishuvi Livan va Isroilni ham qamrab oladi

AQSh ma’muriyati vakili Vashington va Tehron o‘rtasida tayyorlanayotgan kelishuv faqat ikki tomon munosabatlariga emas, balki kengroq mintaqaviy tinchlik jarayoniga ham daxldor ekanini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv Eron bilan bir qatorda Livan, Isroil va Fors ko‘rfazi davlatlarini ham qamrab oladi. Oq uy ushbu kelishuvni AQShning mintaqadagi ittifoqchilari, jumladan Isroil va arab davlatlari qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirgan.

Bayonot Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning Tel-Aviv Eron va Livanga qarshi zarba berish huquqini o‘zida saqlab qolishi haqidagi chiqishi ortidan yangradi. AQSh tomoni esa Isroil muzokaralar jarayonidan xabardor bo‘lganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 21:25. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!