Qo‘shma Shtatlar Livanni Eron bilan vaqtinchalik sulh bitimiga qo‘shish imkoniyatini istisno qilmayapti.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt matbuot anjumanida ma’lum qildi.
U Eron bilan amaldagi sulh bitimi Livanda harbiy harakatlarni to‘xtatishni o‘z ichiga olmasligini yana bir bor ta’kidladi.
"Livan sulh bitimining bir qismi emas... Ishonchim komilki, bu masala Prezident Donald Tramp va Bosh vazir Benyamin Netanyaxu va barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida muhokama qilinadi", dedi Levitt.
Oq uy vakili shuningdek, Isroil Eron bilan sulh bitimini buzishga urinayotgani haqidagi taxminlarni rad etdi: "Shaxsiy suhbatlarda Bosh vazir Netanyaxu Tramp bilan o‘zi omma oldida aytgan gaplarini aniq aytdi: u Prezidentni qo‘llab-quvvatlaydi va Isroil Qo‘shma Shtatlarning asosiy ittifoqchisi va hamkori bo‘lib qolmoqda", deya qo‘shimcha qildi u.