Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Eron bilan kelishuv uchun asosiy talablarini ma’lum qildi

AQSh Eron bilan kelishuv uchun asosiy talablarini ma’lum qildi

Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Vashingtonning Tehron bilan kelishuv doirasida ilgari surayotgan asosiy talablarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, AQSh ushbu shartlarni rasmiy bitimda mustahkamlashni istaydi. Buning evaziga Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish va uni xalqaro hamjamiyatga qaytarish taklif etilmoqda.

Talablar qatoriga uranni boyitishni to‘xtatish, raketa zaxiralarini qisqartirish, 3,67–60 foizgacha boyitilgan qariyb 2 ming kilogramm yadroviy materialni kamaytirish hamda mintaqadagi proksi-kuchlarni qo‘llab-quvvatlashga barham berish kiradi.

Kiritildi: Bugun 19:23. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!