AQShning Xitoydagi elchisi Devid Perdyu prezident Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpinga Amerika qurollarini sotib olishni taklif qilganini aytdi.
"Prezident Tramp doim: "Biz dunyoning turli mamlakatlariga qurol sotamiz", deb aytib keladi. Bir payt u hatto rais Si Szinpindan biror narsa sotib olishni istaydimi-yo‘qmi, deb so‘ragan", — dedi Perdyu Fox News telekanaliga bergan intervyusida.