AQSH, Ukraina, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyaning yuqori martabali rasmiylari 13 dekabr kuni Parijda uchrashib, Vashington taklif qilgan Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha tinchlik rejasini muhokama qiladi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibiga tayanib Axios nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, bu uchrashuv transatlantik munosabatlardagi nihoyatda yuqori keskinlik sharoitida AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha konsensusga erishishga urinishdir.