AQSh Davlat departamenti ba’zi amerikalik diplomatlar va boshqa davlat xodimlariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi.
Bu AQSh Davlat departamenti tomonidan tarqatilgan xabarnomada aytilgan.
Hujjatga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasidagi davom etayotgan harbiy harakatlar hisobga olinib, buyruq favqulodda bo‘lmagan vazifalarni bajarayotgan xodimlarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga ham tegishli.
Qaror xavfsizlik muammolari tufayli qabul qilingani ta’kidlangan. Avvalroq, AQSh rasmiylari o‘z fuqarolariga Eronning raketa va dron hujumlari ehtimoli tufayli Saudiya Arabistoniga sayohat rejalarini qayta ko‘rib chiqishni maslahat bergan edi.