Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh davlat qarzi rekord darajaga yetib, 40 trillion dollardan oshdi

AQSh davlat qarzi rekord darajaga yetib, 40 trillion dollardan oshdi
Bu haqda AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rsatilgan sanaga davlat tuzilmalari qo‘lidagi qarz hajmi 32 trillion 265 milliard dollardan oshgan, ichki hukumat qarzlari esa 7 trillion 781 milliard dollarga yetgan. Shunday qilib, AQShning umumiy davlat qarzi 40 trillion 47 milliard dollarni tashkil etdi. Qayd etish joizki, Qo‘shma Shtatlarning davlat qarzi miqdori bundan bor-yo‘g‘i besh oy oldin 39 trillion dollarlik ko‘rsatkichidan oshgan edi. AQSh davlat qarzi 2022 yil boshida 30 trillion dollardan oshdi. Mamlakatning davlat qarzi 5 yildan kamroq vaqt ichida 10 trillion dollarga oshgani e’tiborni tortadi.
Kiritildi: 14:15 20.08.2026. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!