Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh davlat qarzi 37 trillion dollardan oshdi

AQSh davlat qarzi 37 trillion dollardan oshdi

AQSh davlat qarzi 37 trillion dollardan oshib ketdi. Bu mamlakatning «amaldagi» bankrotlik xavfini kuchaytirmoqda, deb xabar beradi Yahoo Finance.

Mashhur tadbirkor va milliarder Ilon Mask AQSh moliyaviy istiqbollari haqida yana bir bor xavotir bildirdi. Unga ko‘ra, federal qarz bo‘yicha foiz stavkalari qabul qilib bo‘lmaydigan darajagacha ko‘tarilishi mumkin va bu jiddiy oqibatlarga olib keladi.

X ijtimoiy tarmog‘idagi postida Mask Qo‘shma Shtatlar «amalda bankrotlik chegarasida» turganini aytdi. Chunki davlat qarzi 37 trillion dollardan oshgan, va bu qarz bo‘yicha foiz to‘lovlari hozirda AQShning umumiy soliq tushumlarining 25 foizini tashkil etmoqda.

Maskning ta’kidlashicha, «agar shu holat davom etsa», barcha soliq tushumlari davlat qarzini qoplashga yo‘naltiriladi va «boshqa sohaga hech nima qolmaydi».

Masalan, AQSh hukumati yillik 5 trillion dollar daromad qilmoqda, shundan 1,2 trillion dollari faqat foiz to‘lovlariga ketmoqda. Bir vaqtda, yillik xarajatlar 7 trillion dollarni tashkil etmoqda va bu doimiy ravishda o‘sib borayotgan defisitga olib kelmoqda.

Iqtisodchi Piter Shiff Maskning bayonotiga munosabat bildirib, AQSh allaqachon bankrot holatida ekanini aytdi va buni kreditorlar uchun ochiq-oydin bo‘lishi faqat vaqt masalasi ekanini qo‘shimcha qildi. Shiffning fikricha, shundan keyin «foiz stavkalari shunday darajaga ko‘tariladiki», natijada qarzni xizmat ko‘rsatish xarajatlari umumiy soliq tushumlaridan oshib ketadi.

Kiritildi: 22:26 20.06.2025. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!