Marko Rubioning ta’kidlashicha, bu jarayon AQSh fuqarolarining ozod qilinishi fonida olib borilmoqda.
"Bunday qaror Afg‘onistonga nisbatan kelajakdagi siyosatimiz qanday bo‘lishi haqida yaxlit yondashuv asosida qabul qilinadi. Chunki so‘nggi bir necha hafta ichida biz hibsga olingan amerikaliklarning bir qismini ozod qilishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishdik", – dedi Rubio AQSh Kongressining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi oldidagi chiqishida.
Davlat kotibi Vashington “Tolibon”ning avvalgi harakatlarini unutmaganini ta’kidladi. U, shuningdek, AQSh “Tolibon”dan “Al-Qoida” va boshqa ektremistik guruhlarga qarshi kurashda hamkorlikni kutayotganini aytdi.
"Menimcha, bu prezident Donald Tramp qo‘lida mavjud bo‘lgan hamkorlikni kengaytirish vositalarining bir qismidir", – deya qo‘shimcha qildi Rubio.